15 noyabr kuni Zimbabveda hokimiyat harbiylar qöliga ötdi. Şu bilan birga armiya vakillari mamlakatni 37 yildan buyon boşqarib kelgan Robert Mugabe ağdarib taşlanmasligi, ammo uning atrofidagi jinoyatçilar jazolanişini ma'lum qilişdi. Keyinroq Mugabe rafiqasi Greysi Mugabega mamlakatdan çiqib ketişi uçun ruxsat berilgan taqdirda hokimiyatni öz ixtiyori bilan topşirişga roziligini aytdi.

Ötgan haftada prezident vitse-prezident Emmerson Mnangagvuni jodugarlik bilan davlat töntarişi sodir etişda ayblab, iste'foga çiqargandi. Uning yuzga yaqin tarafdorlariga ham ayblov e'lon qilingandi. U hokimiyatni özining 52 yoşli rafiqasiga qoldirmoqçi bölgandi. Ammo Mnangagva armiyaning kömagidan foydalandi va endi Mugabening örnini egallaşi kutilmoqda.

14 noyabr kuni oqşomida Zimbabve harbiylari mamlakat poytaxti Xararega tanklar bilan kirişdi. Birinçi navbatda, davlat teleradiokanali qölga olindi va rasmiy bayonot bilan çiqildi.

Zobitlar bu harakat «davlat töntarişi» emasligini, prezident va uning rafiqasi hayoti xavf ostida emasligini ma'lum qilişdi. Ular aholini tinçlanişga çaqirib, zöravonliklar röy bermasligiga işontirişdi.

Foto: Reuters
Foto: epa/vostock-photo
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: AP
Foto: epa/vostock-photo

Şu tariqa davlat töntarişi ortiqça qon tökişlarsiz ötkazildi.