Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etiş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Yiğilişda parlament va hukumat a'zolari, huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat idoralari mas'ul xodimlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari iştirok etdi. Videoselektorda joylardan mahalliy hokimiyat organlari va boşqa mutasaddi idoralar rahbarlari qatnaşdi.
2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida jinoyatçilikka qarşi kuraşiş va huquqbuzarliklarning oldini oliş borasidagi faoliyatni muvofiqlaştiriş, diniy ekstremizm, terrorizm va uyuşgan jinoyatçilikning boşqa şakllariga qarşi kuraşiş böyiça taşkiliy-amaliy çoralarni kuçaytiriş, korrupsiyaga qarşi kuraşişning taşkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillaştiriş va samaradorligini oşiriş, aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltiriş, bu borada davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan özaro samarali hamkorligini taşkil etiş bilan boğliq aniq vazifalar belgilangan.
Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida»gi, «Bolalarni ularning soğliğiga zarar yetkazuvçi axborotdan himoya qiliş töğrisida»gi qonunlar, «Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida» Prezident qarori qabul qilinib, davlat organlari va keng jamoatçilik oldida turgan muhim vazifalar aniq va ravşan belgilab berildi.
Davlat idoralari, ziyolilar, mahalla faollari va boşqa jamoatçilik tuzilmalarining uşbu yönalişdagi faoliyatini birlaştiriş orqali işlar ta'sirçanligini oşiriş maqsadida har haftaning payşanba kuni — «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» etib belgilandi.
Jumladan, joriy yilning 10 oyi mobaynida umumiy jinoyatlar soni ötgan yilning şu davriga nisbatan 14 foizga, şundan talonçilik 16 foizga, bosqinçilik — 19 foizga, qotillik — 21 foizga, tovlamaçilik — 22 foizga, bezorilik — 34 foizga kamayişiga erişildi.
Şuningdek, ayollar örtasida jinoyat sodir etiş holatlari 16 foizga, yoşlar örtasida 14 foizga, voyaga yetmaganlar örtasida 17 foizga kamaydi.
Aholi va jamoatçilik bilan yaqin hamkorlik va muloqot örnatilgani natijasida 1 ming 243 mahallada birorta ham jinoyat sodir etilişiga yöl qöyilmadi.
















