Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Suv ta'minoti va suv çiqariş xizmati körsatiş sohasida tölov intizomini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni e'lon qilindi.
Mamlakat iqtisodiyotini jadal rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan islohotlar va aholi sonining ösib borişi içimlik suviga yuqori talabni, undan oqilona foydalaniş zaruratini, şuningdek, respublikaning suv resurslari çeklangan şaroitda zamonaviy suv tejamkor texnologiyalarni joriy etişni taqozo qiladi.
Farmonda töplanib qolgan tizimli muammo va kamçiliklar debitor qarzdorlikni kamaytirişga, tölov intizomini mustahkamlaşga va tarmoqning yanada rivojlanişiga tösiq bölayotgani ta'kidlab ötilgan.
Suv ta'minoti va suv çiqariş xizmati körsatiş sohasida boşqaruv tizimini, nazorat va hisobga oliş mexanizmlarini tubdan takomillaştiriş, tölov intizomini mustahkamlaş maqsadida:
Farmonga köra, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (MIB) ga quyidagi qöşimça vazifalar yuklatilmoqda:
- suvdan noqonuniy foydalaniş, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlariga özboşimçalik bilan ulaniş holatlarini aniqlaş, bartaraf etiş va oldini oliş;
- suv uçun tölovlarning öz vaqtida va töliq undirilişini, iste'molçilarning qarzdorligi kamaytirilişini ta'minlaş;
- suv iste'molini nazorat qiliş va hisobga olişning zamonaviy avtomatlaştirilgan tizimini joriy etiş jarayonini monitoring qiliş;
- suvni sotiş va iste'mol qilişning hisobini yuritişda iştirok etiş.
Suv ta'minoti va suv çiqariş xizmati körsatiş sohasida MIB quyidagilar uçun javobgar etib belgilanmoqda:
- suv ta'minoti va suv çiqariş xizmatlari uçun tölovlarning öz vaqtida va töliq undirilişini, iste'molçilarning qarzdorligi kamaytirilişini ta'minlaş;
- suvdan noqonuniy foydalaniş holatlarini, şuningdek, bevosita iste'molçilar tomonidan foydalanilgan suv hajmi va tegişli hududlar çegarasidagi tarmoqlarga yetkazib berilgan hajm örtasidagi tafovutlarni aniqlaş, bartaraf etiş va oldini oliş;

















