4 yoşli qizini urgan ota allaqaçon öz qilmişi böyiça sudda javob bergan va otalik huquqidan mahrum etilgan. Aslida uning qizini urgani bilan boğliq voqea şu yilning aprel oylarida bölib ötgan. Toşkent şahar prokuraturasi rasmiy vakili Bobir Dehqonov matbuot brifingida şu haqda ma'lum qildi.
“Fuqaro G.S. Çilonzor tuman prokuraturasiga murojaat qilgan. U arizasida turmuş örtoği A.X. farzandlariga nisbatan öta şafqatsizlarça munosabatda bölgani, doimiy qiynab, tahqirlab kelganligi, qizlarining yuz va tanasining boşqa qismlariga urib, tan jarohati yetkazib berganligi böyiça ariza bergan. Şu murojaat yuzasidan olib borilgan tergovoldi tekşiruv işlari natijasiga köra, joriy yilning 30 oktabrida JKning 110-moddasi 2-qismi “a” hamda “v” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov jarayonida jinoyat işi psixologlar, boşqa mutaxassislar tomonidan örganib çiqilgan va holat tasdiqlangani sababli, A.X.ga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan. Bundan taşqari, u foydalanib kelgan uyali telefondagi ma'lumotlar böyiça ekspertiza tayinlangan.
Şuningdek, jinoyat işi böyiça jabrlanuvçi Nuraliyevaning ruhiy va boşqa holatlarini kompleks örganiş maqsadida sayyor sud-tibbiy, psixologik ekspertiza ötkazilgan. Bundan taşqari, fuqarolik işlari böyiça Uçtepa tumanlararo sudining 2017 yil 19 oktabrdagi hal qiluv qaroriga asosan Nuraliyev va Nuraliyeva onasi qaramoğiga olib berilgan.
Video: Ota 4 yoşli qizçasini yolvorişlariga qaramasdan kaltakladi. Endi u jazolanadi

31 oktabr kuni Çilonzor tumani prokuraturasi tomonidan öz farzandlariga şafqatsizlarça munosabatda bölgani, jismoniy kuç işlatib, ularga ruhiy ta'sir körsatganligi, öz bolalarining hayoti, soğliğiga qarşi jinoyatlarni qasddan sodir etganligi sababli A.X.ni otalik huquqidan mahrum etiş yuzasidan fuqarolik işlari böyiça Uçtepa tumanlararo sudiga da'vo arizasini kiritgan. Bugungi kunga kelib, bu da'vo qanoatlantirilgan va A.X. otalik huquqidan mahrum etilgan. Ayni vaqtda bu iş böyiça qöşimça tergov harakatlari davom ettirilmoqda”, - dedi Bobir Dehqonov.















