Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 17 noyabr kuni Sergeli tumanida qurilgan yangi uy-joylarni borib kördi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

«13 gektar maydonda 66 ta köp qavatli uy-joy qad rostladi. 1, 2, 3 xonali bu uylar aholiga imtiyozli kreditlar asosida berildi. Uylar atrofida 240 örinli maktabgaça ta'lim muassasasi, 630 örinli örta ta'lim maktabi, 61-sonli oilaviy poliklinika, yopiq turdagi suziş havzasi, şahar militsiya bölinmasi, poçta va kitob dökoni, dam oliş maskanlari, poliklinika, bolalar maydonçalari, avtomobil turar joylari, velotrassalar barpo etilgan», deyilgan xabarda.

Bundan taşqari, mavzeda xizmat körsatiş tarmoqlari taşkil etildi, yangi iş örinlari yaratilgan.

«Bu uylarni birovlarga köz-köz qiliş uçun emas, aholi manfatlarini öylab bunyod etmoqdamiz. Şunday ekan, binolarni zamon talablariga mos qilib quriş kerak. Bundan taşqari, uylarni saqlaş, töğri foydalaniş ham burçimizdir. Bu borada şu yerda yaşovçilarning mas'uliyatini oşiriş, ularda öz uyi uçun javobgarlik hissini kuçaytiriş lozim», — dedi Şavkat Mirziyoyev.

Prezident yangi qurilgan xonadonlarda böldi. U yerda yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi, uy sohiblari bilan dildan suhbatlaşdi. Ularni yangi xonadon bilan tabriklab, sovğalar taqdim qildi.

Yangi uy sohiblari Prezident bilan suhbatda yaratilgan şaroitlardan mamnun ekanini izhor etdi.

«Bu yerga köçib kelayotganlarni iş bilan ta'minlaş masalasi ham dolzarbdir. Kelajakda quriladigan korxona va işlab çiqariş obektlari bu uylarga yaqin joyda bölişi muhim», — dedi Özbekiston Prezidenti.

Şavkat Mirziyoyev kelajakda quriladigan bu kabi uylarni yanada takomillaştiriş böyiça tavsiya va topşiriqlar berdi.