Samarqand viloyati içki işlar idoralari tomonidan jinoyatçilikka qarşi kuraşişda turli tezkor çora-tadbirlar körilmokda. Iştixon tuman IIB jinoyat-qidiruv bölinmasi tomonidan ötkazilgan «Tuzoq» va «Tun» tadbirlari davomida bir neça jinoyatlar qaynoq izidan foş etilişiga erişildi. Natijada, ayrim öğrilik jinoyatlariga gumondor şaxslar qölga olindi, deb xabar beradi KUN.UZ’ga viloyat IIB axborot xizmati.

Jinoyat iştirokçilarining biri — S.S. Samarqand şahar «Xadiça Sulaymonova» MFY Buyuk Ipak yuli köçasida köp qavatli uylarni birida yaşarkan. 27 yoşli, örta-maxsus ma'lumotiga ega, hali uylanmagan bu şaxs muqaddam JK 104-moddasi bilan sudlanib ham çiqqan. «Avto ehtiyot qismlar bozori»da savdo qiladi. Ulardan yana biri, 24 yoşli, K.R. ham Samarqand şahrining «Mehrobod» mahallasi Bobur köçasida yaşab, mahalla posboni (!) bölib işlar ekan. Ularning uçinçi şerigi X.D. — 28 yoşda. U ham Bobur köçasida yaşaydi. Oilali, bir nafar farzandi bölib, avtobazalarning birida haydovçilik qiladi.

Bu kimsalar hozirda qilmişiga iqror bölişdan boş tortayotgan bölişsa-da, ammo ular 2017 yil 9 noyabr kuni soat taxminan 20:00 larda Iştixon şahri hududidan ötuvçi M37 «Buxoro-Samarqand» avtomobil yölining «Muhammad ota» oşxonasi yaqinida turgan, fuqaro Uluğbek Mamadiyev boşqaruvida bölgan «Neksiya» rusumli, davlat raqami 30 367 RAA bölgan avtomaşina salonini va orqa yukxonasini oçib, u yerda bölgan qimmatbaho narsalarini öğirlamoqçi bölgan vaqtlarida tuman IIB xodimlari tomonidan qölga olinib, öğirlik jinoyatlarini oxirigaça yetkaza olişmadi.

Ulardan 1 dona pölat çizğiç (lineyka) daliliy aşyo sifatida hujjatlaştirilib olinib, guruh a'zolarining har birlarining harakatlariga qonuniy baho beriş uçun tuman IIB tergov bölimiga taqdim etilib, ularga nisbatan ehtiyot çorasini qöllaş masalasi hal qilinmoqda.

Holat yuzasidan voqea joyini közdan keçiriş davomida «Neksiya-2» rusumli 30 367 RAA davlat belgili avtomaşinasidan jami 17 ta barmoq izlari ham olindi.

Voqeaga guvoh bölgan şaxs ham gumondorlar yölning narigi tomonidan ötib kelib, «Neksiya» maşinasini tunaşga urinişganini aytib berdi.

Bundan taşqari, gumondorlarning biri boşqarayotgan kulrang «Spark» rusumli, avtomaşina xolislar iştirokida közdan keçirilganda salondan 2 dona har biri 30 smdan bölgan zanglamas pölatdan çizğiç hamda avtomaşina eşigini oçiş uçun qölbola usulda maxsus yasalgan 3 dona ilgakli simlar ham daliliy aşyo sifatida olindi.