Davlat rahbari Sergeli tumani 6-A massividagi suziş havzasini ham borib kördi. 

ÖzA'ning xabar berişiça, suziş havzasining uzunligi 25 metr, eni 11 metr. Kuniga 150-200 kişini qabul qiladi. 3 milliard sömdan ortiq mablağ evaziga barpo etilgan inşootda yoşlarning suziş texnikasini örganişi va mahoratini oşirişi uçun barça şaroit yaratilgan. Tibbiyot xodimlari va murabbiylar uçun xonalar mavjud. Suvni tozalaş, isitiş tizimlari, xona haroratining mö'tadilligini saqlaş uskunalari suv havzasining köp yillar davomida yoş avlodga xizmat qilişini ta'minlaydi. 

Yurtimiz iqlim şaroitiga, yoz va qiş fasliga moslab Toşkent şahrining har bir tumanida 10 tadan zamonaviy suziş havzasi quriş kerak, ularni barpo etişda sifatli quriliş materiallaridan foydalaniş lozim, dedi davlat rahbari. 

Prezident sportning uşbu turi bilan şuğullanişga bolalarni yanada kengroq jalb qiliş, suziş texnikasini örgatadigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaş böyiça topşiriqlar berdi.