Zimbabve hukmron partiyasi ZANU PF yetakçilari mamlakat prezidenti Robert Mugabening iste'fosi böyiça rezolyutsiya loyihasini işlab çiqiş uçun juma kuni uçraşuv ötkazadi. Bu haqda Reyter agentligi partiyadagi yuqori mansabli manbaga tayangan holda xabar bermoqda.

Partiya vakilining xabar berişiça, agarda Mugabe iste'foga çiqişdan boş tortsa, seşanba kuni unga impiçment e'lon qilinadi. "Orqaga yöl yöq. Agarda u qarşi pozitsiyani egallasa, biz uni yakşanba kuni iste'foga çiqariş uçun çoralar köramiz. Bu röy berganda esa, impiçment seşanba kuni e'lon qilinadi", - deya partiya vakili sözlarini keltiradi agentlik.

Avvalroq Telegraph gazetasi Zimbabve prezidenti Robert Mugabening «zamonaviy dunyodagi eng şafqatsiz mustabid rahbar sifatidagi» merosi mamlakat tarixida uzoq muddatga çuqur iz qoldirişi haqida yozgandi.