Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taşrifi doirasida Sergeli tumanida amalga oşirilişi rejalaştirilgan iqtisodiy loyihalar taqdimoti bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Loyihalar juda köp. Masalan, “Bek mega textile”, “Dara elite”, “Laura peri fashion”, “Orçid beauty” mas'uliyati çeklangan jamiyatlari töqimaçilik mahsulotlari va tayyor kiyim-keçaklar işlab çiqariş, “Original textile and print” jinsi matosidan kiyim, aksessuar va furnituralar tayyorlaş, “Yella” korxonasi ayollar uçun palto va çarm mahsulotlar işlab çiqarişni rejalaştirgan.
“Orient confection” va “Sladus produce” mas'uliyati çeklangan jamiyatlari qandolat mahsulotlari, “Korton Osiyo” MÇJ meva-sabzavotlarni qadoqlaş uçun gofra quti va lenta işlab çiqarişni kengaytirmoqçi. “Aminovs company” korxonasining loyihasi maişiy texnika jihozlari, “Sentral asia”niki esa quriliş mixlari, temir simlar va elektrodlar işlab çiqarişga yönaltirilgan.
Xizmat körsatiş sohasidagi loyihalar ham talaygina. Xususan, “Nazm-nur progress” mas'uliyati çeklangan jamiyati zamonaviy kardiojarrohlik klinikasi taşkil etiş, “Global medical center” şirkati köp tarmoqli tibbiyot markazi faoliyatini kengaytiriş, “Kilpyong leaders” MÇJ köngiloçar boğ va biznes markazi qurişni maqsad qilgan.
Mazkur loyihalar natijasida eksportbop mahsulotlar işlab çiqariladi, zamonaviy xizmatlar yölga qöyiladi, yuzlab iş örinlari yaratiladi.

















