Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Ozarboyjonga rasmiy taşrifi yuzasidan tayyorgarlik işlari körilmoqda. Bu haqda Özbekiston boş vaziri örinbosari Alişer Sultonov Ozarboyjon prezidenti bilan suhbat paytida ma'lum qilgan.
Azertag naşri xabariga köra, 17 noyabr kuni Ozarboyjon poytaxti Boku şahrida Özbekiston boş vaziri örinbosari uşbu davlat prezidenti Ilhom Aliyev bilan uçraşgan. Tomonlar iqtisodiy-savdo munosabatlarni rivojlantiriş, madaniy va ijtimoiy sohadagi hamkorlik masalalarni muhokama etişgan.
Xabarda aytilişiça, Alişer Sultonov yangi foydalanişga topşirilgan Boku-Tbilisi-Kars temir yöl loyihasi haqida söz yuritib, «uning mintaqaviy ahamiyatiga töxtalgan».
Prezident Ilhom Aliyev uçraşuv çoğida ikki davlat örtasidagi energetika va transport munosabatlarini yanada yaxşilaşga katta e'tibor qaratiş zarurligini bildirgan. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Ozarboyjonga rasmiy taşrifi yuzasidan tayyorgarlik işlari boşlangani haqida ma'lumot berilgan.
Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev Prezident Mun Jye Inning taklifiga binoan joriy yilning 22–25 noyabr kunlarida davlat taşrifi bilan Koreya Respublikasida böladi. Şu yilning may oyida prezidentlik lavozimida iş boşlagan Koreya rahbari ötgan haftada, seşanba kuni ilk xorijiy hamkasbini mamlakat poytaxtida kutib olgandi. AQŞ prezidenti Donald Trampning taşrifidan söng, Özbekiston rahbari Janubiy Koreyaga borişi tarixiy voqealikka aylanişi kutilmoqda.

















