Öz iste'fosi haqida e'lon qilgan Livan boş vaziri Saad Haririy juma kuni Livan kelajagi va uning arab olamidagi örnini muhokama qiliş uçun Saudiya Arabistonida bölganini, qolgan barça taxminlar esa miş-mişdan boşqa narsa emasligini ma'lum qildi.
"Men Saudiya Arabistonida Livan kelajagi va uning arab olamidagi aloqalari haqida muhokamalar ötkaziş uçun böldim. Bunga zid keluvçi qolgan barça taxminlar, mening taşrifim yoki oilamdagi vaziyatga doir gap-sözlar - bor-yöği miş-miş", - deb yozadi Haririy öz Twitter'ida.
4 noyabr kuni Ar-Riyodda bölgan Haririy kutilmaganda öz iste'fosi haqida e'lon qildi. Saudiyaning "Al-Arabiyya" kanalida efirga uzatilgan nutqida u "Hizbulloh" şialar harakati va Eronni Livan hamda arab olamida nizo keltirib çiqarişda aybladi, şu bilan birga, unga qarşi suiqasd uyuştirilayotgani töğrisida ma'lum qildi.
"Hizbulloh" harakati yetakçisi Hasan Nasrulloh Haririyning iste'fosi sabablarini Saudiya Arabistonidan izlaş kerakligini aytdi, Eron TIV esa Haririyning ayblovlarini asossiz deb atadi. Nasrulloh şuningdek Haririyni iste'foga çiqişga majbur qilişganini va ehtimol, Saudiyada majburlab uşlab turişganini aytdi.


















