Xitoyda inson boşini boşqa tanaga köçirib ötkaziş böyiça dunyodagi ilk operatsiya bölib ötdi. Aytiş joizki, operatsiya murdada ötkazilgan va 18 soat davom etgan. Jarayon davomida umurtqani, asab tolalari va qon tomirlarini tiklaşga muvaffaq bölingan. Bu haqda The Telegraph naşri xabar bermoqda. 

Operatsiya muvaffaqiyatli ötganini uni ötkazgan italiyalik jarroh Serjo Kanavero Venadagi matbuot anjumanda ma'lum qildi. Operatsiya Xarbin tibbiyot universitetining doktor Jen Syaopin boşçiligidagi jamoasi bilan birgalikda ötkazilgan. Kanaveroning aytişiça, bu operatsiyadan keyin tirik odamga boş köçirib ötkaziş yanada haqiqatga yaqinlaşdi va u yaqin orada ötkaziladi.

Foto:  JEFF J MITCHELL/GETTY

2016 yilda neyrojarroh boş köçirib ötkaziş operatsiyasidan ötgan siçqon va it videosini namoyiş qilgan. Jonzotlarda ötkazilgan tajriba davomida polietilenglikol moddasidan foydalanilgan. Bu modda orqa miyaning şikastlangan qismlariga kiritilgan va minglab neyronlar örtasida aloqani tiklaşga kömak bergan.

Murdada operatsiya ötkaziş neyrodegenerativ kasallikdan aziyat çekuvçi rossiyalik dasturçi Valeriy Spiridonovga boş köçirib ötkazişga tayyorgarlik doirasida ötkazilgan. Biroq bu operatsiya amalga oşirilişi böyiça işonçli dalillar yöq.