Zimbabveda hukmron bölgan Afrika milliy ittifoqi prezident Robert Mugabeni iste'foga çiqişga çaqirmoqda, deb xabar berdi ZBC telekanali.

Avvalroq Zimbabve sobiq boş vaziri, muxolifat yetakçisi Morgan Tsvangirai Mugabe mamlakat manfaati uçun iste'foga çiqişi lozimligini ma'lum qilgandi. Öz navbatida Mugabe harbiylar bilan muzokaralar davomida iste'foga çiqişdan boş tortdi.

Telekanal ma'lumotlariga köra, partiya viloyat muvofiqlaştiruv qömitalarining öntasidan sakkiztasi Mugabeni mamlakat prezidenti va partiya birinçi kotibi lavozimini tark etişga çaqirgan.

Ularning fikriça, Mugabe partiya va mamlakat boşqaruvi ustidan “yoşi keksayib qolgani tufayli iş qobiliyatini yöqotgani sabab” nazoratni yöqotgan. Bundan taşqari, u "fitnalar paydo bölişiga yöl qöygan".