Zimbabvening ağdarilgan prezidenti Robert Mugabe harbiylardan «yana bir neça kungina hokimiyatda qolişni» söradi, deb yozadi Independent naşri öz manbalariga tayanib.

Harbiylar guruhi boşliği, yaqindagina iste'foga çiqarilgan vitse-prezident Emmerson Mnangagvaning maslakdoşi Kris Mutsvanva prezident lavozimdan voz keçişi haqida özi qarorga kelişi kerakligi, aks holda, bu masalani ular öz qöllariga olişlarini ta'kidlab ötdi.

Naşrning yozişiça, «garçi hukmron Zanu-PF partiyasi buning aksini ta'kidlayotgan bölsa-da, 93 yoşli siyosatçi hamon hokimiyat tepasida qolayotganini aytib kelmoqda».

«Agar u qaysarlik qiladigan bölsa, biz 19 noyabr, yakşanba kuni uni işdan böşatişni taşkillaştiramiz. Bu narsa amalga oşgaç, unga nisbatan impiçment e'lon qilinganini 21 noyabr, seşanba kuni e'lon qilamiz», — degan partiya vakili.

Ilgariroq, Zimbabve prezidenti hokimiyat harbiylar qölgiga ötganidan buyon ilk bor omma oldida köriniş bergani xabar qilingan edi.