18 noyabr, şanba kuni Zimbabve poytaxti Xarare şahri köçalariga minglab namoyişçilar çiqib, 37 yildan buyon mamlakatni boşqarib kelgan prezident Robert Mugabening hokimiyatdan çetlatilganini nişonlaşdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, bir neça ming kişi respublika bayroqlarini kötargan holda poytaxt köçalaridan marş qilib ötgan. Namoyiş tinç ruhda ötgan, kişilar raqsga tuşib, qöşiqlar kuylaşgan.

«Bu xursandçilik köz yoşlari. Men bu kunni umr böyi kutgandim. Nihoyat bu kun keldi. Bu bizning ozodligimiz kunidir!», deya marş iştirokçilaridan biri sözlarini keltirgan agentlik.

Foto: Reuters
Foto: Twitter
Foto: Reuters
Foto: Twitter
Foto: Reuters

15 noyabr kuni Zimbabve harbiylari tanklar bilan poytaxtga kirişdi va prezident Mugabeni uy qamoğiga taşlaşdi. Şu bilan birga harbiylar bu heç qanaqasiga davlat töntarişi emasligini aytişdi.

Keyinroq hukumatdagi «Zimbabve Afrika milliy ittifoqi - Vatanparvarlar fronti» Mugabe prezidentlikdan ketişi kerakligi haqidagi bayonot bilan çiqdi.