«Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu öz mahbubasi Jorjina Rodrigesga 2018 yilning avgustida uylanadi. Bu haqda AS naşri Correio de Manha manbasiga asoslangan holda xabar tarqatdi.
Manbaning yozişiça, uşbu juftlik jahon çempionatidan keyin öz munosabatlarini qonuniylaştirib olişni rejalaştirgan. Rossiya mundiali 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar bölib ötadi.
Ronaldu ispaniyalik mahbubasi Portugaliya fuqaroligi olişini istaydi.
Bir yil muqaddam Ronaldu bilan uçraşayotgani ma'lum bölgan Rodriges 12 noyabr kuni futbolçiga qiz tuğib berdi, unga Alana Martina deya ism qöyişdi. Ayni vaqtda 32 yoşda bölgan futbolçining bungaça 3 farzandi — 7 yoşli kiçik Kriştianu va 2017 yil yozida dunyoga kelgan Yeva va Mateo ismli egizaklari bor. Ular ikki surrogat onadan tuğilgan.
2015 yilgaça Ronaldu rossiyalik model Irina Şeyk bilan uçraşardi.

















