Livan sobiq boş vaziri Saad Hariri Saudiya Arabistonidan Fransiyaga keldi. AFP naşrining manbasi bergan ma'lumotga köra, u ayni vaqtda Parijda bölib turibdi.
Ikki hafta muqaddam Haririy Ar-Riyodda turib öz iste'fosi haqida ma'lum qilgandi.
Livandagi LBCI telekanal Haririy va rafiqasi Parijdagi rezidensiyaga yönalayotgani tasvirlangan kadrlarni namoyiş etgan.
Bundan avvalroq Saad Hariry tvitterida şunday yozgandi: «Men Saudiya Arabistonida Livan kelajagi va uning arab olamidagi aloqalari haqida muhokamalar ötkaziş uçun böldim. Men bu yerda tutqunlikdaligim, menga mamlakatdan çiqib ketişga ruxsat berilmayotgani haqidagi gaplar — yolğon».
4 noyabr kuni Ar-Riyodda bölgan Haririy kutilmaganda öz iste'fosi haqida e'lon qildi. Saudiyaning «Al-Arabiyya» kanalida efirga uzatilgan nutqida u «Hizbulloh» şialar harakati va Eronni Livan hamda arab olamida nizo keltirib çiqarişda aybladi, şu bilan birga, unga qarşi suiqasd uyuştirilayotgani töğrisida ma'lum qildi.
«Hizbulloh» harakati yetakçisi Hasan Nasrulloh Haririyning iste'fosi sabablarini Saudiya Arabistonidan izlaş kerakligini aytdi, Eron TIV esa Haririyning ayblovlarini asossiz deb atadi. Nasrulloh şuningdek Haririyni iste'foga çiqişga majbur qilişganini va ehtimol, Saudiyada majburlab uşlab turişganini aytgandi.


















