Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Prezident Mun Je Inning taklifiga binoan 2017 yil 22–25 noyabr kunlari davlat taşrifi bilan Koreya Respublikasida böladi, deb xabar bermoqda ÖzA.

Oliy darajadagi muzokaralarda özaro hamkorlikning keng kölamli masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi davlatlararo aloqalarni yanada rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qiliş, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almaşiş közda tutilgan.

Davlat rahbari, şuningdek, Milliy Assambleya Spikeri va Koreya Respublikasi Boş vaziri bilan uçraşadi, ikki davlatning yetakçi iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari iştirokidagi Özbekiston – Janubiy Koreya biznes forumida iştirok etadi.

Taşrif yakunlari böyiça Özbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Prezidentlarining Strategik şeriklikni har tomonlama rivojlantiriş töğrisidagi qöşma bayonoti qabul qilinişi, şuningdek, turli sohalardagi özaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlaş va kengaytirişga doir köplab hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, tijorat kelişuvlari va şartnomalari imzolanişi kutilmoqda.