Janubiy Amerika sohillari yaqinida Argentina harbiy-dengiz kuçlariga (HDK) qaraşli “San-Xuan” suv osti kemasi yöqolib qoldi. Ta'kidlanişiça, ekipaji 44 kişidan iborat suv osti kemasi 3 kundan beri aloqaga çiqmayapti. Şu sababli Argentina hukumati qidiruv-qutqaruv operatsiyasini boşlab yuborgan.
Argentina HDKning tvitterdagi sahifasida ma'lum qilinişiça, suv osti kemasi 15 noyabrda Uşuayidan Mar-del-Platu tomon suzayotganda ğoyib bölgan. Ayni vaqtda HDK samolyotlari va kemalari suv osti kemasi oxirgi marta qayd qilingan hududda qidiruv işlari olib bormoqda.
HDKning rasmiy vakili Enrike Balbining aytişiça, harbiylar bunday vaziyatlarda közda tutilgan reja böyiça harakat qilmoqdalar. Uning ta'kidlaşiça, qidiruv işlari 16 noyabrda boşlangan.
Clarín naşri ma'lumotlariga köra, kemada yonğin yoki biror texnik nosozlik sodir bölgan bölişi mumkin.
Balbining aytişiça, harbiylarda kemada yonğin yoki avariya bölgani haqida ma'lumot yöq. “Ehtimol, ular suzişni davom ettirmoqdalar, biroq elektr uzatişdagi muammo sababli aloqa yöq bölişi mumkin”, deb taxmin qilgan Balbi.
“San-Xuan” Germaniyada qurilgan. Argentina HDK tarkibiga 1985 yilda kiritilgan. Kema uzunligi 66 metrni taşkil qiladi va soatiga 46 km tezlik bilan harakatlana oladi. Bu turdagi kema suv sirtiga çiqmagan holda suv ostida ikki kungaça qola olişi mumkin.

















