Dunyoning Angkor-Vat, Maçu-Pikçu, Çiçen-Itsa, Petra kabi qadimgi yodgorliklarni köpçilik eşitgan. Ammo şunga öxşaş, lekin kamdan-kam kişilar körgan tarixiy obidalarni tomoşa qiliş qançalik tassurot qoldirişini tasavvur qiling-a!

Izlanuvçan sayyohlik kompaniyalarining sa'y-harakatlari va infratuzilmalarning rivojlantirilişi tufayli jahonning ayrim uzoq va ajoyib yodgorliklari sayyohlar uçun öz eşiklarini oça boşladi. Yaqin orada bu yerlar sayyohlar bilan tölib-toşişi natijasida sirli muhitdan asar ham qolmasligi aniq. Demak dunyoning yangidan kaşf qilingan tarixiy yetti mö'jizasi haqida. 

Hindiston qirollik imperiyasi vayronalari

Imperiya vayronalari maydoni 265 km2 ni taşkil etadi. Hudud böylab sirli qumloq toşlar va osori-atiqalar soçilib yotadi. 7-asrdagi Virupakşi ibodatxonasi imperiyadagi eng qadimgi binolardan biri hisoblanadi. Yaxşiroq saqlanib qolgan Sule bozori, Malika hammomi va fillar saqlanadigan filxona örta asrlar Hindistoni qanday bölgani haqida tasavvur uyğotadi. 

Gvatemala mayyalarining qadimgi poytaxti

Big Five Tours & Expeditions prezidenti Aşiş Sangxraykning sözlariga köra, El-Mirador mayya qabilasining eng yirik şaharlaridan biri bölgan va minglab sayyohlar taşrif buyuruvçi Tikaladan 5 marta katta hududni egallagan. El-Miradorni Italiyada Pompeyning oçilişi bilan taqqoslaş mumkin. Olimlar bu şaharni bir vaqtlar mayya davlati poytaxti bölgan deb hisoblaşadi. 

Portugaliyadagi Rim saroylari vayronalari

Uşbu Rim saroylari eramizdan avvalgi 2-asrda imperator Avgust hukmronligi vaqtida barpo etilgan. Keyinçalik ular vayronalarga aylandi. Aniqlanganidan 100 yil ötib esa, Konimbrigi sayyohlarni qabul qilişga şay. 

Sudanning qadimgi ehromlari