Joriy yilning 4 iyun kuni Toşkent şahrida joylaşgan «Xalqlar döstligi» istirohat boği (sobiq «​Bobur») atrofida Jasurbek Ibrohimov işini haqqoniy tergov qilinişi sörab bir neça önlab kişilar mitingga yiğilgandi.

Ma'lum qilinişiça, uşbu miting taşkilotçisi, ijtimoiy tarmoqda Irina Zaydman taxallusida yozuvçi Irina Şoxnazarova aholini mitingda iştirok etişga undaş orqali huquqbuzarlik holati sodir etgani aniqlangan. Bu haqda Toşkent şahar IIBB boşliği örinbosari Doniyor Toşxöjayev Kun.uz muxbiriga xabar berdi.

«Rasmiy hokimiyat tomonidan ruxsat etilmagan mitingni uyuştirgan Irina Şoxnazarova aholini uşbu harakatga bevosita jalb etgani aniqlandi. Şoxnazarovaning harakatlarida Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 201, 202 moddasi, ya'ni «Ruxsat etilmagan yiğilişlar, mitinglar, köça yurişlari va namoyişlar ötkaziş uçun şaroitlar yaratiş»​ hamda «Yiğilişlar, mitinglar, köça yurişlari yoki namoyişlar uyuştiriş, ötkaziş tartibini buziş»​alomatlari topilgan bölib, unga nisbatan Yakkasaroy tuman sudi tomonidan 15 noyabr kuni 15 kunlik ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan. Şuningdek, Irina Şoxnazarova eng kam oylik iş haqining 50 barobari (7,84 mln söm) qiymatida jarimaga tortilgan»​, deydi Doniyor Toşxöjayev.

Uning aytişiça, Irina aholini norasmiy, sanksiyalaştirilmagan tadbirga çiqişga undagan, miting ötkaziş vaqti hamda joyini belgilagan, Mariya Legler taxallusida ijtimoiy tarmoq faoli - Mariya Golovko esa miting iştirokçilarining imzosi töplaş uçun oldindan murojaat xatini tayyorlagan va bosib çiqargan.

«Mariya Golovkoga nisbatan Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik kodeksi 201, 202 moddalari bilan javobgar, deb topilgan. 10 noyabr kuni sud Mariyaga nisbatan 10 kunlik ma'muriy qamoq jazosini tayinlagan. Şuningdek, Mariya Golovko eng kam oylik iş haqining 60 barobarida jarima tölaşga majbur», deydi boşliq örinbosari.

Toşxöjayev ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan notöğri ma'lumotlarga oydinlik kiritib, uşbu ikki ayolning huquqbuzarligi yuzasidan sud oçiq tartibda, advokatlar iştirokida ötganini, ayollar qilmişini tan olib, sud oldida körsatma berganini aytadi. Ayollar ayni vaqtda Toşkent şahar IIBB huzuridagi Reabilitatsiya markazida saqlanmoqda.