Özbekiston Prezidenti iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oşiriş töğrisidagi farmonni imzoladi.
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 20 noyabr kuni iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oşiriş töğrisidagi farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, 2017 yilning 1 dekabridan boşlab byudjyet muassasalari va taşkilotlari xodimlarining iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori örta hisobda 1,15 martaga (15 foiz) oşiriladi.
Farmonga köra, 2017 yilning 1 dekabridan Özbekiston hududida eng kam:
iş haqi — oyiga 172 240 söm;
yoşga doir pensiyalar — oyiga 336 880 söm;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 336 880 söm;
zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 206 720 söm miqdorida belgilanadi.

















