Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyevning yakuniy matbuot anjumanida aytişiça, yangi davlat rahbari inauguratsiyasidan söng hordiq çiqarişga jönab ketadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Men inauguratsiyadan söng darhol jönab ketişni möljallamoqdaman. Umid qilamanki, 1 dekabrdan men mamlakatda bölmayman. Men olti yil davomida işlaşga kuçim va soğliğim yetgani uçun yaratganga şukrona keltiraman. Bu juda uzoq muddat böldi», - deya aytib ötdi Atamboyev.

Şuningdek uning aytişiça, şifokorlar unda doimiy çarçoq sindromini aniqlaşgan. Atamboyevning ta'kidlaşiça, şunday kunlar ham bölganki, u hattoki uyquga ham töymagan.

«Mamlakat parçalanib ketiş va uruş arafasida turgan kunlar böldi, hozir bu yöq hamda, umid qilamanki, umuman heç qaçon bölmaydi», - deya ma'lum qildi prezident.

Şu bilan birga, Atamboyev 2020 yilgi parlament saylovlarida iştirok etişi mumkinligini istisno etmadi.

«Parlamentga saylovlar bölganida, katta ehtimol bilan, men röyxatda 1-raqam ostida bölaman», - deya aytib ötdi u.

Avvalroq Atamboyev Qozoğiston bilan vaziyatda Rossiya manfaati haqida gapirgandi.