Qirğiziston prezidenti lavozimini tark etayotgan Almazbek Atamboyev kimni xafa qilgan bölsa, barçadan keçirim söradi.

Uning aytişiça, «bu 6 yil juda murakkab bölgan, asablar esa temirdan emas».

«Hurmatli jurnalistlar, agarda men ança keskin bölgan bölsam – bu faqat sizlarga nisbatan yuz bermadi. Men ba'zida juda keskin gapiraman. Agarda kimnidir xafa qilgan bölsam, hattoki men haq bölgan bölsamda, baribir keçirim sörayman», - deya aytib ötdi Atamboyev.

Uning umid bildirişiça, keyingi prezidentning muomalasi biroz yumşoqroq böladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Atamboyev endi nima qilişini aytgandi.