Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyevning aytişiça, prezidentlik davridagi köplab qarorlari uning uçun juda murakkab bölgan. Bu haqda u bugungi yakuniy matbuot anjumanida ma'lum qildi.
«Bugun, albatta, hammasini eslaş oğir. Biroq men köplab qarorlarni qabul qilişdan avval juda uzoq öylaganman. Masalan, Narimboyev işi men uçun ayniqsa oğir böldi. Ötgan yillar davomida menda döstlar ham, qarindoşlar ham qolmadi», - deya aytib ötgan Almazbek Atamboyev.
Şuningdek, davlat rahbari Jeenbekov haqida ham öz fikrini bildirib ötdi. «Sooronbay Jeenbekov yoş emas. Öylaşimça, u endi notöğri yölga qadam qöymaydi», - degan Atamboyev.
Prezidentning ta'kidlaşiça, ular Jeenbekov bilan 23 yil davomida tanişlar hamda bironta marotaba ham örtalarida qarama-qarşilik yuz bermagan. Almazbek Atamboyevning fikriça, Sooronbay Jeenbekov yumşoq inson emas.
«Siz uning qat'iyligini hali körasizlar. Uning jahli çiqsa, u hattoki Obamani ham haydab yuborişi mumkin», - deya hazil qilgan prezident.
«Köpçilik menga xiyonat qildi. U esa har doim sodiq bölib qoldi. Uni bilgan holda, şuni aytişim mumkinki, u meni sotmaydi. Şuningdek işonçim komilki, u töğri yöldan boradi. Agar Jeenbekov xato qilsa, bu uning kulfati böladi», - dedi Atamboyev.
Şuningdek, Qirğiziston prezidentining fikriça, Umurbek Babanovning Öşdagi çiqişida milliy nifoq belgilari bor. Uning sözlariga köra, iş siyosatçining sözlari diqqatlik bilan örganib çiqilganidan söng oçilgan.
«Babanov kimlarningdir puliga sotilib bekor qildi. Tinçgina yaşaganida hammasi yaxşi bölgan bölardi. U esa nima qildi? Uning çiqişini eşitmaganlar bölsa, tarjima qilib, eşitib olişlari mumkin», - dedi Atamboyev.
Bundan taşqari, u Jöqorği Keneş deputati Kanatbek Isoyevga nisbatan iş yuzasidan ham izoh berdi. Davlat rahbari sözlariga köra, Isoyevga qarşi videoyozuvlardan taşqari, hujjatlar ham bor.

















