NATOning Norvegiyadagi maşğulotlarida Turkiya asosçisi Mustafo Kamol Otaturk va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan suratlarining “şartli raqiblar” sifatida qöllanişi bevosita Turkiya va turk xalqiga qarşi qaratilgan bölgan. Bunday fikrni 19 noyabrda Hurriyet turk gazetasiga Erdöğan bildirdi. 

“NATO mojaro keltirib çiqardi. Ular davlatimizni töxtata olmasliklarini biladilar va şu sababli bizni nişon sifatida qöllaydilar. Bu voqea biror bir aniq yoki muayyan siyosiy partiya bilan boğlanmagan. Nişonga Turkiya va butun turk xalqi olingan”, deb aytgan Erdöğan. 

17 noyabrda Erdöğan NATOning Norvegiyadagi “Uç tişli nayza – 2017” maşğulotlarida Otaturk va uning özining suratlari şartli raqiblarni tasvirlaş uçun qöllanganini ma'lum qilgandi. Şu sababli maşğulotlarda iştirok etayotgan 40 turk harbiysi ortga çaqirtirib olingan. 

Uşbu holat yuzasidan NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Erdöğandan ikki marta uzr söragan. U voqea tafsilotlarini tergov qilişga va'da bergan hamda uşbu holat Turkiya va NATO örtasidagi munosabatlarning yomonlaşuviga olib kelmasligiga umid bildirgan.