Germaniyaning texnik nazorat uyuşmasi mutaxassislari Yevropadagi eng işonçli avtomobillar reytingini tuzişdi. Tadqiqot natijalari kompaniyaning rasmiy saytida e'lon qilindi.
Reytingga köra, eng işonçli maşina deb Mercedes-Benz SLK topildi. 2-örinni Volkswagen Golf Sportsvan egalladi. Yetakçi uçlikni esa B-sinfdagi Mercedes yakunlamoqda. 4-örinni Mercedes GLK, 5-örinni esa Mazda 2 maşinalari egallagan.
Ta'kidlaş joizki, yoşi 4 va 5 yildan kattaroq maşinalar orasida B-sinfdagi Mercedes, Porsche 911, Mazda CX-5 va Audi Q5 modellari yetakçilik qilmoqda. Yoşi 6 yildan 7 yilgaça bölgan maşinalar orasida esa Porsche 911, Audi Q5 va TT, Honda CR-V va Mazda eng işonçlilari deb topildi.

















