Özbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpoğiston bölimining qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida Markaziy Osiyodagi eng qadimiy yozuv saqlanmoqda. Bu yozuv miloddan avvalgi V asrga tegişlidir, ya'ni 2500 yillik tarixga ega. Bu haqda Qoraqalpoğiston axborot agentligi xabar tarqatdi.

1976-1977 yillarda professor M.Mambetullayev rahbarligidagi arxeolog-olimlar guruhi Katta Aybuyirqal'ani qaziş paytida 3ta katta xum topib oladi. Bu xumlarning suv va don saqlaş uçun yasalganligi aniqlanadi. Xumlarning birida tiğ bilan bitilgan yozuvlar mavjud ekanligi ma'lum böladi. Ya'ni, böyi 1 metr keladigan ötda pişirilgan xumdagi Qadimiy Xorazmga tegişli bu yozuvlar Markaziy Osiyoda eng eski yozuv sifatida fanda qayd qilingan edi.

Foto:  Qoraqalpoğiston axborot agentligi

Olimlar şu paytgaça Qadimiy Xorazm hududidagi eng eski yozuv deya Qöyqirilganqal'a (Ellikqal'a tumani hududida joylaşgan)da topilgan idişdagi yozuvni hisoblab kelgandi. Qöyqirilganqal'adagi bu yozuv esa miloddan avvalgi III-II asrga tegişli aramey yozuvi bölib topiladi. Keyinçalik S.P.Tolstov rahbarligidagi ekspeditsiya tomonidan hozirgi Ellikqal'a tumani hududida joylaşgan, qadimiy xorazmşohlar şahri – Töproqqal'ada ham milodiyy III-IV asrlarga tegişli yozuvlar topilgan.

Foto:  Qoraqalpoğiston axborot agentligi

Katta Aybuyirdan topilgan, Xorazm yozuvining eng qadimiy nusxasi hisoblangan xumdagi yozuvni fors tili böyiça mutaxassis, butun dunyoga maşhur tilşunos olim V.A.Livşçits «mri XI h III.III. III.» deb öqigan, ya'ni «11 mari 9x». Bu xumning siğimlilik hajmini bildiradi. «Mari» ölçov birligi Eronda qadimiy axamaniylar davridan ma'lum bölgan. Qadimiy manbalar öni «maris» deb nomlagan. 1 mari 16,5-17 litrga töğri kelgan. «9x» esa 1 maridan kamroq ölçamni bildirgan. Demak, xumning siğimlilik hajmi deyarli 200 litrga yaqin.

Xumni topgan olimlar uni rekonstruksiya qilib, içiga suv qöyib körganda 195,5 litr suv siqqan. Şunday qilib, xumdagi yozuv uning siğimlilik hajmi bilan mos kelgan.