«Paxtakor» futbol klubi rahbariyati jamoa darvozaboni Aleksandr Lobanovning Qarşidagi öyindan keyin özini tutişi borasida yiğiliş ötkazdi.

Klub matbuot xizmati bayonotida aytilişiça, yiğilişda Lobanovning «Nasaf» bilan bellaşuvdan söng muxlislar provokatsiyasiga javob qaytarib, ularga nisbatan hurmatsiz munosabatda bölgani körib çiqildi. Yakunda «Paxtakor» darvozabonining öşa harakati keskin tanqid ostiga olindi va Lobanovga nisbatan «Paxtakor» futbol klubi tomonidan zarur çora körilib, moddiy jarima belgilandi. Bunday vaziyat yana röy bergan taqdirda keskinroq çora körilişi haqida ogohlantirildi.

«Aleksandr Lobanov Qarşidagi uçraşuvdan söng röy bergan holatdan afsusda ekanini ma'lum qilgan. Bunga uning öyindan keyin juda asabiylaşgani sabab bölgan. Darvozabon «Paxtakor» futbol klubi hamda muxlislardan buning uçun keçirim söraydi. Lobanov bunday hodisa boşqa qaytarilmasligiga va'da berdi.

«Paxtakor» futbol klubi futbolçilarning xulqi va özini tutişi doimo kuzatuvda ekanini ma'lum qiladi. Öyinçilarga noprofessional harakatlari uçun çoralar körilib, ular jazoga tortiladi. Klub Özbekistonning bayroqdor jamoasi nomiga mos holda faoliyat olib boradi», deyilgan bayonotda.

Video: Lobanov muxlislarni haqoratladi. Endi uni qanday jazo kutadi?