Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov özining Instagram sahifasida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning kuyovi bilan birga aks etgan suratini joylab, u haqida iliq fikrlar bildirdi. 

Foto: instagram/kadyrov_95

"Aziz döstlar! Çeçen masaliga köra, bir donişmand öz öğillariga turli ölkalarda qal'alar bunyod etişni vasiyat qiladi. Ular gap aynan himoyalovçi inşootlar haqida ketayapti, deb öylaşadi. Aslida esa, otasi öğillariga har qanday qal'adan-da yaxşiroq hisoblangan işonçli döstlar orttiriş haqida gapirgan ekan. Mening aziz OTAM, ÇR Birinçi Prezidenti, Rossiya qahramoni Ahmad Hoji Qodirov musulmonlarni qarindoşçilik va döstona aloqalarni mustahkamlaşga undovçi va şu bilan birga, bunday aloqalarning uzilişini qoralovçi hadislarni köp aytib berardi. Özbekistonda bölganimda şularni esladim, u yerda Allohning irodasi bilan munosib insonlar bilan tanişdim. 

Albatta, Oybek Tursunovdek ajoyib döst va BIRODARni topganim men uçun katta şaraf. Yaxşi bilimga ega, tartib-intizomli, xuşmuomala va kamtar inson. Menga uning davlat kölamida keng fikrlaşi, öz Vatani - Özbekiston kelajagiga bölgan qat'iy işonçi yoqdi! Oybek Tursunovdek yigitlar bor ekan, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev öz jamoasiga ajoyib hamfikrlarini töplaganiga işonçim komil. 

Qadrli BIRODAR, mening uyim eşiklari sen uçun doim oçiq! Albatta, biz bu yerda Samarqand va Buxorodagidek mazali palov tayyorlay olmasmiz, lekin Özbekistonda yöq çeçen taomlari bilan mehmon qilamiz! Şu bilan birga, aytmoqçi bölganim - Çeçenistonda ham sening qörğoning bor!", - deb yozadi Qodirov.