Umrbod ozodlikdan mahrum etilgan amerikalik «seriyali» qotil Çarlz Menson AQŞdagi qamoqxonalardan birida 83 yoşida hayotdan köz yumdi. Bu haqda TMZ portali Menson qurbonlaridan birining singlisiga tayangan holda xabar bermoqda.
Qizning ma'lum qilişiça, qotil jazoni ötayotgan qamoqxona uning qurbonlarining barça qarindoşlari bilan aloqaga çiqqan. Uning sözlariga köra, 19 noyabr kuni soat 8:13da qönğiroqqa javob bergan va unga Menson vafot etganini xabar qilişgan.
ABC News telekanali ham qamoqxona vakiliga tayangan holda Mensonning ölimini tasdiqladi.
Çarlz Menson, «Oila» deb nomlangan jinoiy guruh rahbari, özining dösti Geri Hinmenni 1969 yilda öldirgani uçun umrbod ozodlikdan mahrum qilingan. Mensonning guruhi a'zolari öşa yilning avgustida rejissyor Roman Polanskining rafiqasi, homiladorlikning sakkizinçi oyida bölgan Şeron Teytni ham öldirişgan. 2027 yilda Mensonga muddatdan avval ozod etiş töğrisida murojaat yuboriş imkoniyati taqdim etilişi kerak bölgan.

















