Boş ofisi Sidney şahrida joylaşgan «Iqtisodiyot va tinçlik instituti» mutaxassislari an'anaviy Global Terrorism Index​ hisobotining beşinçi tahririni ma'lum qildi. Hisobotda butun dunyo böylab, 2000 yildan to 2016 yilgaça yuz bergan terror voqealari tahlil qilingan.

Global Terrorism Database axboroti asosida tayyorlangan hisobotda aytilişiça, Özbekiston terrorizm xavfi yuqori bölgan davlatlar röyxatida 125-poğonada turadi. Röyxat yetakçilari qatorida mos ravişda Iroq, Afğoniston, Nigeriya qayd etilgan bölsa, uning eng quyida Zambiya, Vetnam va Turkmaniston joylaşgan.

Şuningdek, terror xavfi yuqori bölgan davlatlar qatorida Turkiya 9-örin, Ukraina 17-örin, Saudiya Arabistoni 26-örin, AQŞ 32-örin, Qozoğiston 67-örin, Tojikiston 72-örin, Qirğiziston 79-örinda qayd etilgan.

Hisobotda ma'lum qilinişiça, terrorizm omili iqtisodiy va ijtimoiy hayotiga ta'sir etmaydigan 38ta mamlakat içida Özbekiston ham mavjud. 2016 yili e'lon qilingan hujjatda Özbekiston 117-örinda qayd etilgandi, bir yil ötib, körsatkiç 8 poğonaga yaxşilangan.

Eslatib ötamiz, röyxat yetakçilari qatorida terror harakatlari köp kuzatiladigan mamlakatlar keltirilgan. Eng quyida esa içki siyosatda barqaror tinçlikka erişgan davlatlar sanab ötilgan.