Özbekiston çempionatining 29-turidan örin olgan «Nasaf» va «Paxtakor» jamoalari örtasidagi uçraşuv (4:0) sönggida mehmonlar darvozaboni Aleksandr Lobanov muxlislarga qarata noxulqiy harakatni amalga oşirdi.

Uçraşuv tugab futbolçilar yeçiniş xonasiga kirib ketayotgan vaqtda muxlislar Lobanov manziliga turli huştakbozliklar va norozilik qiyriqlari yöllaşgan. Bunga çiday olmagan darvozabon «Nasaf» muxlislariga örta barmoğini körsatgan va unga javob qaytargan muxlisga taşlanişga uringan. Ammo bu pallada uning jamoadoşi Eldorbek Suyunov uşlab qolgan.

Özbekiston futbol federatsiyasi tartib-intizom Kodeksining 5.6 bandiga köra, öyin vaqtida, öyindan keyin noxulqiy, etikaga töğri kelmaydigan, nosportça harakatlarni amalga oşirgan futbolçi, rahbar yoki klubning boşqa istalgan rasmiy vakili jazoga tortilişi belgilab qöyilgan. Unga köra, futbolçi ma'lum muddatga öyinlardan çetlatilişi, 5 mln sömgaça jarimaga tortilişi kerak böladi.

Eslatib ötamiz, PFL tartib-intizom qömitasi uçraşuv qaydnomasida körsatib ötilgan holatlarni örganib çiqqaç, vaziyat yuzasidan qaror çiqaradi. Lobanov bilan boğliq vaziyat rasmiy qaydnomada bor yoki yöqligi hozirça noma'lum bölib qolmoqda.