Eron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniy Yaqin Şarqda paydo bölgan «IŞID guruhi e'lon qilgan davlat batamom yakson etilgani»ni e'lon qildi. Bu haqda oliy siyosatçi mamlakat markaziy telekanalida jonli efir orqali çiqiş qilib ma'lum qilgan.

Sepah News naşrining xabar qilişiça, Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi oliy qömondoni, general Qosim Sulaymoniy IŞID guruhi tomonidan e'lon qilingan ma'muriyat batamom tugatilgani haqida prezidentga maktub yöllagan.

Eslatib ötamiz, Suriyadagi Ittifoqçi kuçlar IŞID guruhi jangarilari Abu Kamolda joylaştirib ketgan minalarni töliq tozalab çiqqani haqida bayonot bergandi. Endilikda guruh a'zolari Frot daryosi atrofidagi bir neçta qişloqlarda qolgan, xolos.