17 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev yoşlar siyosatiga oid yana bir qarorni imzoladi. Bu haqda Özbekiston Yoşlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lumot beradi.

Yangi imzolangan qarorga köra, har bir harbiy qismda yoşlar himoyaçi — boşlanğiç taşkilot yetakçisi saylanadi hamda harbiylar taşkilot tavsiyasi bilan uy-joy bilan ta'minlanadi.

Muddatli harbiy xizmatni ötayotgan askarlar Ittifoq tavsiyasi bilan oliy ta'lim muassasasiga imtihonsiz, grant asosida öqişga kiradi.

Ittifoq tavsiyasi bilan Temurbeklar maktabi bitiruvçilari Qurolli kuçlar tizimidagi oliy ta'lim muassasasiga grant asosida öqişga qabul qilinadi.

Eslatib ötamiz, bundan avval Yoşlar ittifoqiga faollariga oliy ta'lim muassasalariga imtiyozli ravişda öqişga qabul qilinişi haqida xabar berilgandi.