World Food Building yiliga 13 million gallon suvni iqtisod qiladi, atmosferaga is gazi (SO2) ajralib çiqişini 1100 tonnaga kamaytiradi. Ösimliklar uçun biroz tuproq kerak böladi, minoraning uçdan ikki qismini ofislar egallaydi, deb yozadi Business Insider.

2050 yilga borib Yer kurrasining aholisi soni 9,6 mlrd. kişiga yetişi va ularning 66 foizi şaharlarda yaşaşi mumkin. Öz-özidan savol tuğiladi: bunça odamni nima bilan boqiş mumkin? Şvetsiyaning vertikal fermalarda mahsulot yetiştirayotgan Plantagon kompaniyasi bu savolga javob böla oladi. Ularning ğoyasiga köra, ofis binolari va vertikal fermalar birlaştiriladi va ilk bunday loyiha tez orada Linçyoping şahrida amalga oşiriladi.

Osmonöpar ferma World Food Building deb ataladi va u gidroponik böladi, ya'ni sabzavotlar tuproqsiz, oziq moddalarga boy suv eritmalarida yetiştiriladi. Quriliş 2012 yilda boşlangan, uni 2020 yilda topşirişni möljallaşmoqda, quriliş narxi 40 mln. dollarga baholanmoqda.

The World Food Building yiliga 550 tona sabzavot yetiştiriş imkonini beradi bu esa 5500 kişini töydiriş uçun yetarli. Sabzavotlar yetiştirişda tabiiy yoruğlik va yoruğ diodli lampalardan foydalaniladi. Köplab işlar robotlarga yuklanadi, bu esa xarajatlarning juz'iy kamayişiga xizmat qiladi.

Agar vertikal ferma şunça yuzaga ega oddiy dala bilan soliştirilsa, The World Food Building kamroq tuproqdan foydalanib, köproq mahsulot yetiştiriş imkonini beradi. Bundan taşqari osmonöpar ferma yiliga 13 million gallon suvni iqtisod qiladi va is gazi (SO2) ajralib çiqişini 1100 tonnaga kamaytiradi.

Ferma binoning quyoşga qaragan qismida joylaştiriladi, soya tomonida esa ofislar joylaşadi va u binoning uçdan ikki qismini egallaydi. Ofis zallaridan sabzavot yetiştirilayotgan maydonlarni tomoşa qiliş mumkin böladi. Köplab qavatlarda kafe va restoranlar örin oladi va ularda barra mahsulotlardan taomlar taklif etiladi. Hozirdanoq kompaniyalar şunday qavatlarni sotib olişga kirişişgan.

Osmonöpar binoda spiralsimon konveyer ham quriladi. U yuqori qavatlardagi sabzavotlarni pastga olib tuşib, va aksinça, yuqoriga harakat qilib, yetiştirilayotgan mahsulotlar teng miqdorda quyoş nuridan bahra olişini ta'minlaydi. Kökatlar bir oyda yetiladi. Darvoqe, iste'molçilar barra va yangi uzilgan mahsulotlarni xarid qilişlari uçun binoda bozor ham oçiladi.