Şimoliy Koreya terrorizmni qöllab-quvvatlovçi davlatlar röyxatidan çiqarib taşlanganidan töqqiz yil ötib, yana uşbu röyxatga kiritiladi. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'lum qildi. Uning qöşimça qilişiça, buni avvalroq qiliş kerak edi.
Bi-bi-si xabariga köra, Tramp hukumat yiğilişida bu qaror Pxenyanga nisbatan qöşimça “juda yirik sanksiyalarga” olib kelişi, ular haqida esa seşanba kuni e'lon qilinişiga va'da bergan.
Tramp bunday qadamga asosiy sabablar sifatida KXDR yadroviy dasturi va Pxenyan tomonidan “terrorizm xalqaro aktlarining” qöllab-quvvatlanişini tilga olgan.
Tramp bunday bayonot bilan Osiyo davlatlari böylab uyuştirgan safaridan qaytgaç çiqiş qildi. Uning sözlariga köra, Şimoliy Koreya “terrorizmning xalqaro aktlarini tizimli ravişda qöllab-quvvatlaydi”.
Trampning qöşimça qilişiça, mamlakat xalqaro qonunçilikka rioya etişi va özining yadroviy dasturini töxtatişi lozim.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ KXDR böyiça 12 mln. dollar ajratgani xabar qilingandi.












