Foto: Özavtosanoat 

Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga amalga oşirgan davlat taşrifi doirasida «Özavtosanoat» AJ tomonidan yangi yölovçi taşuvçi Tracker avtomobili, modernizatsiya qilingan Cobalt modeli, şuningdek, mototsikl va motorollerlarni seriyali işlab çiqarişni taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi. 

Kelişuvlar doirasida yangi avlod Chevrolet Tracker ixçam avtomobilini seriyali işlab çiqarişni taşkil etiş közda tutilgan. Avtomobil 1,8 litrli 140 ot kuçiga ega dvigatel bilan jihozlanadi. 100 km.ga yoqilği sarfi 8,1 litrni taşkil qiladi. Işlab çiqariş töliq texnologik sikl (ştamplaş, payvandlaş, böyaş, yiğiş) böyiça amalga oşiriladi. Avtomobilning mahalliylaştiriş darajasi 50 foizdan oşadi.

Foto: Özavtosanoat 

Bundan taşqari, kelişuvda Cobalt avtomobilini yangilaş ham nazarda tutilgan. Bu esa öz örnida içki va taşqi bozorlarda modelning jozibadorligini oşiradi. GM Uzbekistan Alliance’ning işlab çiqariş va eksport salohiyatining ösişiga yordam beradi. Ikkala modelning seriyali işlab çiqarilişi Asaka avtomobil zavodi negizida 2019- yildan boşlanadi. 

Taşrif davomida «Özavtosanoat» AJ va «DK Group» örtasida mototsikl va uç ğildirakli yuk taşuvçi motorollerlarni işlab çiqarişni taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi. Şartnoma Özbekistonda mototsikl va uç ğildirakli yuk taşuvçi motorollerlarni turli modellarini işlab çiqiş imkonini beradi. Motosikl va motorollerlar qulay narx segmentida taqdim etilib, uzoq masofadagi ötiş qiyin bölgan hududlarda yaşovçi aholining harakatlanişida va mahsulotlarni taşişda juda qulay hamda narxi bir neça barobar arzon.

Foto: Özavtosanoat 

«Özavtosanoat» AJ va Koreya Respublikasi avtomobil sanoati korxonalari örtasida  ötkazilgan uçraşuvlar natijasida umumiy qiymati 189,9 mln. AQŞ dollariga teng 7 ta bitim, savdo-iqtisodiy sohaga oid 614 mln dollarlik şartnomalar imzolandi.