Jahon | 11:52 / 22.11.2017
4313
1 daqiqa o‘qiladi

Bosniyalik serblarning sobiq qo‘mondoni Ratko Mladichga yakuniy ayblov e'lon qilindi

Foto: Reuters

BMTning sobiq Yugoslaviyada amalga oshirilgan harbiy jinoyatlar yuzasidan harbiy sudi Bosniyaning serb generali Ratko Mladichga nisbatan yakuniy ayblov xulosasini e'lon qildi. U Srebrenitsada 8 ming musulmon erkaklar va o‘g‘il bolalarni o‘ldirishga buyruq bergan.

Prokurorlar hozirda 74 yoshli Mladichga umrbod qamoq jazosini so‘rashdi. U 1992-95 yillardagi Bosniya urushida armiya qo‘mondoni bo‘lgan. Mladich, shuningdek, Sarayevoni qamal qilishda 11 ming kishining o‘lishida insoniyatga qarshi jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

Aytish joizki, Srebrenitsa qotili Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng vahshiy fuqarosi bo‘ldi. Mladich jami bo‘lib 11 ta ish bo‘yicha ayblangan, biroq aybsiz deb topilgan. U bu safar ham sud hukmida keyin apellyatsiya berishi kutilmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid