«Buyuk Ipak Yöli 2017/18» xalqaro ekspeditsiyasi kelasi yil bahor faslida boşlanişi ma'lum qilindi. Bu haqda Palkiewicz Foundation asosçisi Yazek Palkeviyeç xabar berdi.
Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida ötkazilgan anjumanda polşalik jurnalist, sayohatçi Yazek Palkeviyeç «şaxsan xalqaro ekspeditsiya guruhiga boş» bölişi hamda bu rejalar 2018 yilning bahorida amalga oşirilişini e'lon qildi.
«Buyuk Ipak Yöli nafaqat qadimiy savdo yöli, balki turfa madaniyat va xalqlarni boğlovçi köprik bölgan. Ayniqsa bu savdo va ijtimoiy-siyosiy aloqa yöli Yevroosiyo madaniyatida özining öçmas izini qoldirgan», deydi jurnalist.
10 ming km masofani bosib ötişni rejalaştirgan guruh a'zolari Xitoydan boşlab, Qirğiziston orqali Özbekistonga taşrif buyurişi kutilmoqda. Şundan söng, ular Qozoğiston, Rossiya va Belarusga kirib keladi. Ramziy ma'noda «sahro kemasi» örnida maşinalardan foydalaniş rejalaştirilgan.

















