Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Arab davlatlari ligasi taşkilotini tanqid qilib, uni "eskirgan" taşkilot deb atadi. Uning saytiga joylaştirilgan bayonotda şu haqda söz boradi.
"Şu narsa afsuslanarliki, hozirgi şaroitda, mintaqa xalqi juda katta iş qilgan bir vaqtda, ADL nomli eskirgan, çarçagan va samarasiz taşkilotning taşqi işlar vazirlari Yaman xalqi bombardimonlarga javoban Ar Riyod tomon raketa uçirişga qanday jur'at qilganini muhokama qiliş uçun töplansa", — degan Ruhoniy.
Yamanning isyonçi husiylari parvoz masofasi 750 kilometr bölgan raketani Saudiya Arabistonidagi nişonga uçirgan edi. Podşohlik havo hujumidan himoya qiliş kuçlari raketani urib tuşirdi, uning parçalari poytaxt aeroportiga quladi. Ar Riyod bunda Tehronni aybladi.
"Iroqliklar IŞID tomonidan hujumga uçraganida, Suriya xalqi IŞIDga qarşi Halab va Dayr az Zorda kuraşganida, Yaman aholisi Saudiya tomonidan bombardimon qilinganida, livanliklar terrorçilarga qarşi kuraşganida Arab davlatlari ligasi qayerda edi?" — deya qayd etgan Eron rahbari.
Ruhoniyning bayonoti Arab davlatlari ligasi taşqi işlar vazirlarining yiğilişidan bir neça kun ötgaç e'lon qilindi. Öşa sammit yakunida taşqi işlar vazirlari "Eronning arab mamlakatlari işiga aralaşuvini qoralagan edi".

















