«Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasida havo kemalari sahnida tortiladigan yangi taomlarni işlab çiqiş yuzasidan Toşkent şahridagi yetakçi restoranlar vakillari bilan hamkorlikdagi işlar davom etmoqda.

Caravan Group restoranlari tarmoği tomonidan taqdim etilgan aviayölovçilar uçun sahn taomlari miqdori va namunalarini takomillaştiriş konsepsiyasi amalga oşirilmoqda.

Bu safar öz ğoyalarini «Sal Sal» restorani va maşhur pazanda Bahriddin Çustiy taqdim qilgan. «Sal Sal» restorani tomonidan taklif etilayotgan taomlarning öziga xos jihati Özbekistonning turli hududlaridagi boy oşpazlik namunalaridagi turli-tumanlikni körsatişdan iborat. Surxondaryoça aççiq-çuçuk, Qöqon kabobi va holvasi, Qaşqadaryo uslubida közada tayyorlangan göşt, Buxoro şirinliklari, Samarqand quruq mevalari qöşilgan şirin kulçalari, buxoroça löla-kabob va h.k.

«Özbekiston havo yöllari» vakillariga mamlakatimizning turli hududlarini «ifoda etgan» töqqiz xil turdagi kiçik kulça nonlar ayniqsa ma'qul böldi.

«Sal Sal» restorani biznes-klass, iqtisodiy klass, bolalar ovqati va qisqa, ikki soatgaça davom etadigan qatnovlardagi yengil tamaddi uçun hammasi bölib uçtadan variant taklif qildi. Pişloqni hisoblamaganda, hammasi bölib 57 xil mahsulot turi taklif qilindi.

Milliy aviataşuvçi mutaxassislari Bahriddin Çustiy bilan endi amaliy maqsadlarda: aviakompaniya qatnovlariga joriy etiş uçun sahn ovqatlari qoidalariga javob beradigan eng maqbul taomlarni tanlab oliş uçun muloqotlarni davom ettiradi.

Ma'lumot örnida: «Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasi har mavsumda taomlar turini yangilaydi. Yölovçilarga ularning xohişiga qarab bir neça turdagi taomlar taqdim etiladi, xususan, vegetarian, koşer, diyetik va boşqa xildagi taomlar. Aviakompaniyaning Ketring korxonasi işlab çiqariş quvvatlari bir keça-kunduzda 4000 komplekt taom tayyorlaş imkonini beradi. Bu Toşkentdan uçib ketadigan, şuningdek tranzit yölovçilarning ehtiyojini qondiradi. Taomlarga bölgan buyurtma «SITA RES» va «SITA DCS» avtomatlaştirilgan tizimlari orqali qabul qilinadi.