Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirligi tarqatgan ma'lumotga köra, mamlakatda ötkazilgan aholini qayta hisoblaş tadbiridan söng, mamlakat aholisi soni 1,399 milliardni taşkil etişi aniqlangan. Bu haqda Sinxua xabar berdi.

Seşanba kuni e'lon qilingan hisobotda aytilişiça, umummilliy aholi hisob-kitobi öz nihoyasiga yetgan. Uşbu ma'lumotlar omborida mamlakatdagi barça fuqarolar haqida axborot mavjud.

Rasmiylarning ta'kidlaşiça, uşbu ombordan faqat ijtimoiy xizmatlarni körsatiş, jumladan, nafaqa va pensiya tölaş, tibbiy suğurta, nikohni qayd etişda foydalaniladi.

Aholini hisoblab, ular haqdagi ma'lumotlarni yiğişda Jamoat xavfsizligi vazirligiga Inson resurslari va ijtimoiy xavfsizlik vazirligi, Ta'lim vazirligi, Fuqarolik ma'muriyati vazirligi kömak körsatgan.