Xitoy hukumati ogohlantirişi bilan Apple kompaniyasi mazkur bozordagi foydalanuvçilari uçun Skype, Microsoft Corp'ning bir neçta aloqa messenjerlarini AppStore qatoridan öçirdi. Gap şundaki, hukumat şu turdagi mobil ilovalar mahalliy qonunçilikni buzayotgani haqida gapirgan.

Reuters'ning xabar qilişiça, Xitoyda foydalaniş taqiqlangan Google xizmati, Twitter, Facebook kabi internet platformalar qatoriga endilikda Skype ham qöşilgan.

Ötgan yili Xitoy hukumati Pekin siyosatiga qarşi kayfiyatidagi ma'lumot va postlarni zudlik bilan internet platformalardan olib taşlaşni, algoritmni qayta körib çiqişni söragandi. Microsoft vakillari uşbu sörovga tez javob qaytarmagan.

Şuningdek, AQŞ prezidenti Donald Tramp mamlakatning ilğor kompaniyalari arzon işçi kuçi va katta bozor tufayli milliy manfaatlarni çetga surib qöyayotganidan xavotirdaligini bildirgan. Uning aytişiça, AQŞ kompaniyalari Xitoy qöygan barça talabni sözsiz bajarmoqda.