Köpçiligimiz Apple brendining smartfon, noutbuk, kompyuter, planşet va boşqa turli aksessuarlaridan foydalanamiz. Dunyodagi gigant kompaniyalardan biri Apple smartfonlarining katta qismi Xitoyda yiğilişini “ayfon” foydalanuvçilari juda yaxşi biladi.

Biroq Apple kompaniyasining boş qarorgohi (headquarter) qayerda joylaşgani va qanday körinişda ekanidan köplarning xabari bölmasa kerak, çunki kompaniya boş qarorgohi kampusining asosiy binosiga jurnalistlarni yölatişmaydi. Istisno holat esa iPhone X taqdimotida (Stiv Jobs nomidagi teatr) yuz bergan xolos.

Apple kompaniyasi boş qarorgohi qurilişi Kaliforniya ştatidagi Kupertino şahrida 2013 yilda boşlangan va 2017 yilda töla qurib bitkazilgan. Stiv Jobs kampus ofisdan köra köproq qöriq boğga öxşaş bölişini istagan. Kompaniya asosçisi uning xalqasimon şaklini özi ta'lim olgan Stenford universiteti boş maydonidan ilhomlanib ilgari surgan. Dastlab The Apple Campus, keyinçalik Apple Park deya nomlangan qarorgoh aynan Stiv Jobs va arxitektor Norman Fosterning loyihasi asosida qad rostlagan. 2011 yilning 7 iyunida Stiv Jobs bölajak kampusning sönggi loyihasini Kupertino şahar kengaşiga taqdim etgan.

Apple Park tört qavatli xalqa şaklida barpo etilgan bölib, uning aylana perimetri bir milyani, diametri esa 461 metrni, ofislarning umumiy maydoni esa 71 gektarni taşkil etadi va ulkan fazo kemasini yodga soladi. 12 gektarli içki hovlida mevali va manzarali daraxtlar, söqmoqlar, sun'iy köl ham mavjud.

Qarorgoh joylaşgan maydonning narxi 160 million dollarni, umumiy sarf etilgan xarajat esa 5 milliard dollarni taşkil etadi.

Vizit-markazining boğ tomonga qaragan ayvoni
Foto: : ipadforums.net
Foto: Instagram /conquistador17
Qarorgoh zinalari
Foto: Instagram /mr.mc_ming