Xitoy hukumati Şandun va Xaynan viloyatlarida mart oyida Yaponiyaning 6 fuqarosini qölga olgan va şu vaqtga qadar hibsda tutib turibdi. Bu haqda Yaponiya hukumatidagi manbaga asoslangan holda Kyodo agentligi xabar berdi.

Manbaning sözlariga köra, bu şaxslar aynan qanday sabab bilan qölga olingani ma'lum emas. Ammo agentlikda qayd etilişiça, ular josuslikda ayblangani haqiqatga yaqin. Bu ikki viloyat ham XXRning muhim harbiy obektlari joylaşgan hududlar hisoblanadi.

Manbaning aytişiça, Xitoy hukumati hodisa haqida Tokioga xabar bergan.

2015 yilda ham Xitoy hududida josuslik faoliyati bilan şuğullangani uçun 5 nafar yaponiyalik qölga olingandi. Ular sudga tortilgandi. Keyingi jarayon haqida ma'lum qilinmagan.

Bundan oldinroq Xitoy bir neça yil davomida kamida ön nafar MRB axborot yetkazuvçisini yöq qilgani haqida xabar berilgandi.