Keçagi gollar şousi ham vaziyatni özgartirmaydi, «Real»ning La Ligadagi navbatdagi mavsumni juda yomon boşlagani – fakt. Buni asoslaydigan bir neçta qöşimça statistik körsatkiçlarga Eurosport öz e'tiborini qaratdi.
Zaynidin Zidan

- 12 turdan keyin madridliklik 24 oçko jamğarişgan – ötgan yilning şu davriga nisbatan 6taga kamroq. Öşanda «Real» «Barselona»ni 4 oçko ortda qoldirayotgandi, endi esa, 10 oçko orqada bormoqda. Hatto «Valensiya» ham 6 oçkoga ilgarilab ketgan.
- «Real»ning uşbu mavsumdagi eng uzun davom etgan ğalabali seriyasi – 5 öyin. 8 avgustdan 23 avgustgaça. Bu öyinlar içida Yevropa va Ispaniya superkuboklaridagi «MYu» va «Barselona»ga qarşi uçraşuvlar, şuningdek, «Bernabeu» kubogi uçun «Fiorentina»ga qarşi keçgan bahs ham bor. Ya'ni, bu ğalabalarning Ispaniya çempionatidagi ahvolga aloqasi köp emas.
- «Atletiko»ga qarşi öyindagi 0:0 - «Real»ning La Ligadagi sönggi 81 uçraşuvidagi birinçi şunday hisob. 2015 yilning sentabrida jamoa «Malaga» bilan golsiz durangga imzo çekkandi.
- Zidanning murabbiylik faoliyatida «Real» ilk marotaba safar öyinida gol ura olmadi.
- 12 turning 2-bölimlarida «Real» birorta ham oçko ololmadi, ya'ni jamoa ikkinçi bölimlarda 1-bölimdagi qoniqarsiz hisobni hisobni ijobiy tomonga özgartira olmadi.
Kriştianu Ronaldu

- Ronaldu 8 öyinda atigi 1 gol urdi xolos. Bu tempda davom etsa, mavsum oxirida uning urgan gollari 4ta bölarkan. Taqqoslaş uçun, ötgan mavsumning 12-turidan söng portugaliyalik hujumçi hisobida 8 gol bor edi. Töğri, u ötgan mavsumda diskvalifikatsiya ötamagandi, lekin Yevro-2016 dagi jarohat tufayli, tiklaniş jarayonida bölgandi.
- Ronaldu bu mavsumda biror marta ham töpni raqibidan olib qöymadi yoki egallab olmadi. Ligada bunday öyinçilar soni 6 nafar xolos. Ulardan 4 nafari darvozabonlardir. Kriştianu himoyalanişni butkul esdan çiqarganga öxşaydi.
- Ligada faqat Messi (72) raqib darvozasiga Ronaldu (55) dan köra köproq zarba yöllagan. Messi hisobida 12 gol bor.
Karim Benzema


















