
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Prezident Mun Je Inning taklifiga binoan 22 noyabr kuni davlat taşrifi bilan Koreya Respublikasiga yetib bordi.
ÖzA xabariga köra, Seul xalqaro aeroportida Özbekiston Prezidenti şarafiga ikki davlat bayroqlari kötarildi, faxriy qarovul saf tortdi. Davlatimiz rahbarini Koreya Respublikasining rasmiy şaxslari kutib oldi. Marosimdan söng Özbekiston delegatsiyasi özi uçun ajratilgan qarorgohga yöl oldi.

Uşbu taşrif Özbekiston – Janubiy Koreya örtasida muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi uçraşuvlarning mantiqiy davomi bölib, davlatlarimizning özaro aloqalariga doir keng kölamli masalalarni muhokama qiliş, hamkorlikning ustuvor yönalişlarini belgilaş, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almaşiş imkonini bermoqda.
Oliy darajadagi muzokaralarda özaro hamkorlikning keng kölamli masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi davlatlararo aloqalarni yanada rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qiliş, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almaşiş közda tutilgan.
Avval xabar qilinganidek, taşrif doirasida davlatimiz rahbari Milliy Assambleya Spikeri Çon Se Gyun va Koreya Respublikasi Boş vaziri Li Nak Yon bilan uçraşişi, ikki davlatning yetakçi iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari, yirik işbilarmonlar iştirokidagi Özbekiston – Janubiy Koreya biznes forumida iştirok etişi közda tutilgan.
Taşrif yakunlari böyiça Özbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Prezidentlarining Strategik şeriklikni har tomonlama rivojlantiriş töğrisidagi qöşma bayonoti qabul qilinişi, şuningdek, turli sohalardagi özaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlaş va kengaytirişga doir köplab hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, tijorat kelişuvlari va şartnomalari imzolanişi kutilmoqda.
















