Yirik xalqaro telekommunikatsion yeçimlar, mobil Internet uçun korporativ va iste'molçi texnologik yeçimlar ta'minotçisi bölgan ZTE Corporation Kompaniyasi (0763.HK / 000063.SZ) Toşkent Axborot Texnologiyalari Universiteti (TATU) talabalari uçun ZTE Uzbekistan vakolatxonasida amaliyot ötaş xaqida taqdimot ötkazdi.

ZTE Özbekiston bozorida 12 yildan ortiq vaqt mobaynida faoliyat yuritib kelmoqda va Özbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirişga kömaklaşmoqda. Jihozlarni yetkazib berişdan taşqari, ZTE ta'lim sohasiga ham e'tibor qaratmoqda. ZTE kompaniyasi Özbekistondagi uçta davlat OÖYulariga: Toşkent axborot texnologiyalari universiteti, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti va Samarqand davlat çet tillar institutiga Smart Classroom tizimini bepul taqdim etdi.

Foto: ZTE 

Bugungi kunda ZTE dunyoga taniqli kompaniyada amaliyot ötaş uçun yoş iste'dodlarni jalb qilayapdi. Uşbu amaliyotni amalga oşirişdan maqsad:

1 - Iqtidorli talabalarga ta'lim berayotganligi uçun universitetga hurmat, minnatdorçilik bildiriş, professional amaliy maşğulotlar ötkaziş.

2 – Kadrlar töplaş. Amaliyot yakunlanganidan söng, professional işlaş va kompaniya talablariga muvofiq, ZTE vakolatxonasida işlaş uçun eng yaxşi stajyorlarni tanlab oladi, uşbu talabalarning nomlari töliq tanlovdan söng e'lon qilinadi.

Foto: ZTE 

Taqdimot TATUning majlislar zalida bölib ötdi, 3 va 4-kurslarda öqiydigan 200 ga yaqin talaba iştirok etdi. Kompaniya haqida kompaniyaning texnik menejyeri Timur Mamedov sözlab berdi. Şundan söng lotereya öyini ötkazildi, lotereya öyinida 5 nafar omadli talaba USB-flash drives yutib olişdi, 2 talaba ZTE WIFI modems qölga kiritdi va 1 talabaga ZTE Smartphone Nubia körinişida omad kulib boqdi. Keyingi qismda sotişdan oldingi bölim menejyeri Li Nataliya TATU bitiruvçisi sifatida ZTE dagi öz iş tajribasi bilan örtoqlaşdi. Yakuniy qismda ZTEda işlaş va amaliyot ötaş uçun tanlab olişga oid töğridan-töğri savollar va javoblar bölib ötdi, unda xodimlar bölimi mutaxassislari talabalarni qiziqtirgan barça savollarga şaxsan javob berdilar.

ZTE axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida dunyoda yetakçi hisoblanadi va keng qamrovli rivojlaniş maydonçasiga ega bölib, ZTE uşbu amaliyot talabalarning dunyoni his etişini kengaytirişi, bilimlarini oşirişi, ruhini çiniqtirişi, şuningdek, şaxsiy tajribaga ega bölişi va universitetdan işlaşgaça bölgan jarayonlardagi özgarişlariga hissa qöşişiga umid qiladi. Özbekistondagi har bir talaba telekommunikatsiya sohasida kelajakdagi işonç bölib, ZTE yana bir bor kelgusidagi loyihalarni amalga oşirişda yordam berişga tayyor.