Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning  Koreya Respublikasiga taşrifi doirasida Özbekistonda Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi tizimida Özbekiston-Janubiy Koreya hamkorligi körinişida yuqori natijali dori-darmonlarni işlab çiqarişga kelişildi. Şartnomalar doirasida Özbekistonga bu yönalişda 25 mln. AQŞ dollari miqdoridagi mablağ töğridan-töğri investitsiya qilinadi.  

Prezident matbuot xizmatining xabar qilişiça, «Dalim BioTech», «Yuhan Corporation» va «Erae» kabi yirik kompaniyalar bilan bitimlar tuzilgan. Tomonlar investitsion loyihalarning tezkor amalga oşirilişi böyiça kelişuvga erişdi.

Özbekiston Respublikasida yaratilgan 7 ta yangi, erkin farmatsevtik zonalarga alohida e'tibor qaratildi. Koreya Respublikasi kompaniyalari Özbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni e'tirof etib, Özbekiston bilan hamkorlikni yangi bosqiçda davom ettiriş va investitsiya mablağlarini köpaytiriş borasida aniq xulosaga kelganliklarini aytib ötişdi.​